2018-yildan beri quyonchilikka mehr

Bolalar tabiatni his qilsin - Basmala Farm bilan.

Basmala quyon tajribasi asosida sog'lom, zotdor va mehr bilan parvarishlangan dekorativ quyonlar.

Har bir quyon Basmala Farm jamoasi nazoratida parvarish qilinadi. Bizning quyon farm maqsadimiz bolalarni tabiat va hayvonot olamiga yaqinlashtirish, ularga mehr va mas'uliyatni o'rgatish.

0+

quyon

0+

mamnun mijoz

Basmala Farm dekorativ quyon bilan bola

Nega aynan Basmala Farm?

Quyonlar, tanlash, xarid, parvarish va veterinariya - hammasi bir joyda.

Biznesimiz - ishonchdan boshlanadi

Basmala Farm biz uchun shunchaki quyon sotadigan joy emas. Bu yillar davomida mehr bilan yaratgan brendimiz. Biz o'z nomimizni qadrlaymiz. Shuning uchun har bir mijozga halol munosabatda bo'lish, sog'lom quyonlarni taklif qilish va xariddan keyin ham yonida bo'lishni o'zimizning mas'uliyatimiz deb bilamiz.

Tajribali maslahat

Qaysi zot sizga mos? Qanday yem berish kerak? Uyda qanday sharoit yaratish kerak? Quyon tanlashdan boshlab, uni parvarish qilishgacha tajribali mutaxassislarimiz yordam beradi.

Shunchaki quyon emas - tayyor boshlanish

Quyoningizni olganingizda maxsus yem, parvarish bo'yicha qo'llanma, chiroyli savatcha va kerakli tavsiyalar bilan birga topshiramiz.

Xariddan keyin ham aloqadamiz

Savollaringiz bo'lsa, istalgan vaqtda yozing - javobsiz qoldirmaymiz.

Veterinariya xizmati

Zarur bo'lganda veterinariya yordamini tashkil qilishda ko'maklashamiz.

Hammasi bir joyda

Tanlash, xarid qilish, parvarish, maslahat va veterinariya bir joyda.

Quyoningizni bugun tanlang

Basmala Farm Uzbekistan katalogida quyon sotiladi: sizga mos zotni tanlashda yordam beramiz va xariddan keyin ham yoningizda bo'lamiz.